TADBIRKORLARGA BERILGAN IMKONIYATLAR KENGAYMOQDA
Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Erkin Rajabov, tegishli tashkilot mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari, mutasaddi tashkilot va idora rahbarlari hamda shaharda faoliyat yuritayotgan salohiyatli tadbirkorlar va ishsiz xotin-qizlar ishtirokida «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlarini yangi pog‘onalarga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Prezident tomonidan aholi bandligini ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va ularga moliyaviy rag‘batlar taqdim etish zarurligi bo‘yicha takliflari tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.