HOKIM BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA URUMCHILIK TADBIRKORLAR BILAN QATOR KELISHUVLARGA ERISHMOQDA
Avval xabar qilganimizdik, shu kunlarda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib turibdi.
Samarqand shahar hokimligi vakillari Urumchi tadbirkorlarining faoliyati bilan tanishib, ishlar doirasida ikki tomonlama shartnomalar imzolayapti. Shuningdek, delegatsiya xitoylik tadbirkorlar bilan bo‘layotgan uchrashuvlarda savdo-sotiq, investisiya va eksport-import sohasida muzokaralar, investision kelishuvlar olib boryapti.
Delegatsiya o‘z ishini davom ettiradi.
23-Aprel, 2024-yil 15:32 |