SINDAO SHAHRIDAGI KELISHUVLAR DAVOM ETADI
Avval xabar qilganimizdik, ayni kunlarda Хитой Халқ Республикасида бўлиб турган (https://t.me/samshahar/29133?single) Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligidagi delegatsiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Delegatsiya a’zolari dastavval Xitoyning Urumchi, keyin Sindao shahrida bo‘ldi.
Ayni paytda ham Sindao shahrida qator kelishuvlarga erishayotgan shahrimiz vakillari shahardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida bo‘ldi va o‘zaro samarali loyihalar ustida ishlashga erishildi.
Uchrashuvda "Hisense" kompaniyasida elektrotexnika mahsulotlari, “Qingdao Taitou Ecological Construction Engineering Co Ltd" kompaniyasida daraxt va kustarniklar pitomniklari hamda ko‘chalardagi ko‘kalamzorlashtirishni yetishtirish, Sindao agrar universiteti bilan malakali mutaxassislar almashish masalalariga to‘xtalindi.