SUYULTIRILGAN GAZ YETKAZIB BERILAYOTGAN 4638 TA XONADON TABIIY GAZ BILAN TA’MINLANDI
Suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgan 4638 ta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlandi
Samarqand shahrida 2022 yil 22 oktyabrdagi PQ-408–sonli qaror asosida umumiy qiymati 113,7 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi natijasida aholining yashash sharoiti yanada yaxshilandi.
Xususan, 146 ta mahallaning 131,7 kilometr ichki yo‘llari ta’mirlandi va asfalt qilindi. 37 ta mahallada 24,6 kilometrlik ichimlik hamda oqova suv tarmoqlari yangi qurilib, rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 22 ta mahallada 523 dona temirbeton ustuni, 6 dona transformator punkti o‘rnatilib, 21 kilometrlik tarmoqqa yangi SIP kabellari o‘rnatildi.
Shu bilan birga, Samarkand shahar G-34 ko‘chasidan Merv ko‘chasigacha 4 kilometr, Sadriddin Ayniy va Termiz ko‘chasi kesishmasidan Mo‘lyon-2 mahallasi hududigacha 2 kilometr masofada o‘rta bosimli D-219 mmli gaz quvuri tortildi. Natijada suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgan 4638 ta xonadon to‘liq tabiiy gaz bilan ta’minlandi.