Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SHAHAR TASHKILOTLARIDA SIYOSIY-MA'RIFAT SOATI O‘TKAZILMOQDA

Shahar tashkilotlarida siyosiy-ma'rifat soati o‘tkazilmoqda

Samarqand shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashining ish rejasiga ko‘ra hamda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" davlat dasturiga muvofiq, Samarqand Suv ta'minoti MCHJ shahar bo‘limi va Samarqand shahar Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirokida siyosiy-ma'rifat soati o‘tkazildi.

Unda "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi", "Korrupsiyadan holi dunyo-umumbashariy orzu"   mavzularida SamDU professori Farhod Nabiev, "Xizmatchilarning fuqarolar bilan samarali muloqot yuritish etikasi" mavzusida DBA Samarqand filiali katta o‘qituvchisi Shahriyor Xolboyev, shahar hokimining maslahatchisi Xurshid Nurullayev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand  shahar bo‘linmasi rahbari Nigora Sadinovalar ma'ruza qildilar.

Shuningdek, ushbu tashkilotlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy ishlar holati ham o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.

 
 
4-Avgust, 2023-yil 13:51 |