HOKIMLIKDA NAVBATDAGI "SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI" TASHKIL ETILDI
Bugun Samarqand shahar hokimligida hokimlik xodimlari uchun siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.
O‘quv soati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda Inson rusurslarini boshqarish jarayonlari, O‘zbek davlatchiligi tarixi, Zaxira kadrlar bilan suhbat va hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadigan nomzodlarni tanlash, saralash va tayinlash bo‘yicha "Yangi tartib" yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining aholi muammolarini o‘rganish va oldini olishda samarali muloqot madaniyatini oshirish, stressli va hamda hokimlik xodimlarining jamoatchilik bilan samarali aloqalarini tashkil etish masalalari keng muhokama etildi.
Tadbir yakunida fikr-mulohazalar bildirildi va har bir xodimga "Davlat xizmatchisining odob-axloqi" nomli qo‘llanma topshirildi.