SEKTOR RAHBARLARI BOZORDAGI NARX-NAVO VA YANGI YIL ARCHALARIDAGI HOLATNI O‘RGANDI
Samarqand shahridagi sektor rahbarlari bir guruh mas’ullar ishtirokida Yangi yil arafasida tashkil etilgan "Arzonlashtirilgan yarmarkalar"dagi narx-navo bilan tanishib, bayram archalari atrofida aholi uchun yaratilgan sharoitlar va ulardagi xavfsizlik holatlarini ko‘zdan kechirdi.
– Xalqimiz bayramni yuqori kayfiyatda kutib olishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz shart, – dedi shahar hokimi Fazliddin Umarov. – Buning uchun eng avvalo, oziq-ovqat mahsulotlari narxini sun’iy tarzda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shundagina xalqimizga bayram tatiydi va Yangi yil shukuhini his qiladi. Har kuni archalar atrofida minglab hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlari to‘planishib, madaniy hordiq olishmoqda. Shunday ekan bayram dasturlari tashkil etilayotgan hududlarda ham muammoli holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratishimiz kerak.
O‘rganish davomida joylarda kuzatilgan ayrim kamchiliklar joyida tartibga olindi.