Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQANDDA 7-11 AVGUST KUNLARI SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI AʼZO DAVLATLARI HUDUDLARI O‘RTASIDA BIZNES HAMKORLIK XAFTALIGI BO‘LIB O‘TMOQDA.

Samarqandda 7-11 avgust kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzo davlatlari hududlari o‘rtasida biznes hamkorlik xaftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Biznes forumning uchinchi kuni taqdimotlari “Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va to‘qimachilik tarmog‘i sohasi”ga bag‘ishlandi. Ushbu tadbirga “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisining tashqi savdo va  xorijiy investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi, “Samarkand Apparel” va “Buka Sportswear” xorijiy korxonalari Bosh direktori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati  A.Axrarov moderatorlik qildi.

Biznes forumda spikerlar tomonidan sohada erishilgan yutuqlar yuzasidan taqdimotlar qilinib, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ham bildirildi.

 
 
10-Avgust, 2023-yil 9:35 |