Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND VA SINDAO SHAHRI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANADI

Samarqand va Sindao shahri o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanadi

Joriy yilning 14-16 iyun kunlari Shandun provinsiyasi Sindao shahrida Xalq diplomatiyasi forumi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti qardosh shaharlari forumi doirasida Samarqand va Sindao shahri o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Anglashuv Memorandumi imzolangandi.

Ushbu bitim ijrosi hamda ikki shahar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, fan va ta’lim, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va turizm masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Shandun provinsiyasi, Sindao shahar Tashqi Ishlar kanselyariyasi rahbari o‘rinbosari Din Anxo boshchiligidagi delegatsiya 7-9 avgust kunlari Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida  delegatsiyaning shahar hokimi F.Umarov bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Unda shaharlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash borasida so‘z bordi.

Shuningdek delegatsiya Samarqandning madaniy meros ob’yektlari, Savdo-sanoat Palatasi va Erkin iqsodiy zonasiga tashrifi bo‘ldi.

 
 
9-Avgust, 2023-yil 11:51 |