SAMARQAND SHAHAR DELEGATSIYASI KVANDJUDA
Joriy yilning 6-7 oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Kvandju shahar hokimining taklifiga asosan, Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Erkin Rajabov boshchiligidagi delegatsiya Koreyada bo‘lib turipti.
Unda bir kator uchrashuvlar bo‘lib utdi. Kvandju shahridagi ACC "Asia Culture center" "Osiyo madaniyati markazi"da markaz raisi janob Lee Kanghyun bilan kelgusida markazda Samarqand kunlarini nishonlash, Samarqand burchagi uchun milliy liboslar, kitoblar, turizmni targ‘ib etuvchi tarqatma materiallar hamda xunarmadchilik mahsulotlarini joylashtirishga kelishib olindi. Shundan so‘ng Kvandju shahar hokimligi huzurida tashkil etilgan Sun’iy intellekt sanoati markazida bo‘lindi va markaz rahbari janob Kim Hyungsoo bilan uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda IT sohasiga qiziqayotgan shahrimiz talabalari uchun Startup loyihalarida qatnashishda amaliy yordam berilishi yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek, Kvandju metropoliyasi senatori Lim Mi ran xonim bilan uchrashuvda Samarqand va Kvandju shahri o‘rtasida imzolanadigan memorandumdan nihoyatda mamnun ekanligi va kelgusida iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy sohalarda hamkorlik qilishda amaliy yordam berilishini, eng avval turizm sohasidan boshlashni taklif etib, ikki shahar hrtasida turistlar oqimini ko‘paytirishni taklif etishdi.
Janubiy Koreya davlatining Kvandju shahar hokimi janob Kang Gijung bilan birgalikda hokimning o‘rinbosarlari, bulim va boshqarma rahbarlari hamda E.Rajabov va Samarqand Davlat Arxitektura va qurilish universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘ldi. Undan so‘ng Samarqand va Kvandju shahri o‘rtasida do‘stona hamkorlik Anglashuv bayonnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki shahar hokimlik vakillaridan tashqari Universitet talabalari dasturi asosida Kvandju shahrida bo‘lib turgan 2023 yilgi Osiyo shaharlari madaniy almashinuv festivaliga talabalar ham qatnashdi.
Imzolash marosimidan so‘ng Kvandju shahridagi GIGA "Kvandju yashil avtomobil instituti"ga tashrif amalga oshirildi. Institut direktori janob Choi Jeon institut faoliyati va asosiy yo‘nalishlari avtomobillarni to‘lik test va sinovdan o‘tkazish jarayoni bilan tanishtirdi va kelgusida talabalar amaliyoti almashinuvini yulga kuyish taklifini bildirdi.