MUNOSABAT: PIYODALARNI UCHUN KUZATUV KAMERALARI HAM O‘RNATILGAN
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi ayrim katta yo‘llar yoqasida joylashgan bozor va shunga o‘xshash aholi ko‘p to‘planadigan ob’yektlar atrofidagi tartibsizliklar harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, Katta O‘zbek traktida loyiha asosida belgilangan joylarda piyodalar o‘tish joylari, yo‘l belgilari o‘rnatilganiga qaramay piyodalar maxsus yo‘lakdan emas yo‘l o‘rtasida o‘rnatilgan temir to‘siqdan oshib o‘tishayotgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, ushbu hududdagi muammo mas’ullar tomonidan to‘liq nazoratga olinib, doimiy ishlar oldindan olib borilyapti.
Hududda piyodalarning bunday xarakatlarini tasvirga oluvchi kuzatuv kameralari ham o‘rnatilgan va ayrim fuqarolarga tegishli tartibda choralar ham ko‘rilyapti.
Ozgina masofa yurib, piyodalar yo‘lidan o‘tishni istamayotgan fuqarolarning xatti-harakatlari kuchaytirilgan tartibda nazoratga olinadi va tegishli tartibda profilaktik ishlari tashkil etiladi.