Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: GAGARIN KO‘CHASIDAGI MUAMMO SHU KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI

Munosabat: Gagarin ko‘chasidagi muammo shu kunning o‘zida bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Gagarin ko‘chasining avtomobillar qatnovi qismida chuqur paydo bo‘lgani va bu avtomashinalarni nosoz holatga keltirishi mumkinligi haqida xabar taarqaldi. 

Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan muammo mas’ullar tomonidan tezda joyiga borib o‘rganildi. 

Shundan so‘ng hududdagi muammoni bartaraf etish ishlari boshlandi va holat to‘liq ijobiy yechimini topdi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ko‘chani to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
26-Avgust, 2023-yil 10:26 |