Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

"ENG YAXSHI XOTIN-QIZLAR FAOLI

"Eng yaxshi xotin-qizlar faoli

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari o‘rtasida shu shior ostidagi Respublika tanlovining Samarqand shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
 

Unda 21 nafar xotin-qizlar faoli kuch sinashdi. Tanlov avvalida ishtirokchi-faollar o‘zi faoliyat olib borayotgan mahallada qilinayotgan ishlar, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar xususida tanishtiruv videoroliklarini namoyish etdi. Shuningdek, bugungi kunda xotin-qizlarga keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratilayotgani va bundan foydalangan holda mahalla xotin-qizlar faollari ularga ko‘rsatilayotgan yordamlar aks etgan slaydlar taqdim etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Shodiyona mahallasi xotin-qizlar faoli Iroda Muhammadiyeva egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 2-o‘rin esa Oqsaroy va Hazora mahallasi xotin-qizlar faoliga va 3-o‘rin Mustaqillik hamda Cho‘pon ota mahallasi xotin-kizlar faoliga nasib etdi.

 
 
5-Oktabr, 2023-yil 23:05 |