Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

BIR NECHA SOATDA SHAHAR ICHIMLIK SUVI BILAN TO‘LIQ TA'MINLANADI

Bir necha soatda shahar ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlanadi

Ikki kun oldin kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida rejali profilaktika ishlari olib borish munosabati bilan Samarqand shahridagi ayrim mahallalar va ularga tutash hududlarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatilishi haqida xabar qilgan edik.  (https://t.me/samshahar/25617)

Ayni paytda ishlar to‘liq yakunlangani va aholi xonadonlariga ichimlik suvi yo‘naltirilganini ma'lum qilamiz. 

Hurmatli hamshaharlar, suv jumraklarini ochiq qoldirmang, ichimlik suvi xonadoningizga yarim tunda ham yetib kelishi va natijada ko‘ngilni xira qiladigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. 

SHu o‘rinda, sizlardan ichimlik suvini isrof qilmasdan ishlatishingizni va ishlatilgan suv uchun to‘lovni vaqtida amalga oshirishingizni so‘rab qolamiz.

 
 
12-Oktabr, 2023-yil 20:54 |