BELGILANMAGAN JOYLARGA CHO‘MILMANG, AKS HOLDA...
Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi, siz azizlarni belgilanmagan, ta’qiqlangan suv havzalarida cho‘milmaslikka, yosh bolalarni suv bo‘yida nazoratsiz qoldirmaslikka chaqiradi.
25 may kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola Zarafshon daryosiga cho‘milishi oqibatida cho‘kib ketishi va hayotdan ko‘z yumishi ko‘plab qalblarni larzaga soldi.
Bunday ko‘ngilsiz holat, albatta, ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga keldi deyish mumkin. Eng achinarlisi, yosh bolalar hayotni erta tark etdi va qalblarni tilkapora qildi.
Aziz ota-onalar, hurmatli do‘stlar, bu kabi ko‘ngilsizliklarni oldini olish o‘z qo‘limizda va bunga barchamiz chuqur mas’uliyat bilan jiddiyroq yondashaylik. Zero, yaqinlarimiz, bolajonlarimizning hayoti biz uchun qadrli ekan, barchamiz uni asrashga harakat qilaylik.