Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AYRIM KO‘CHALARDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Joriy yilning 4-5 noyabr kunlari Samarqand shahrida «Samarkand Marathon» xalqaro xayriya yarimmarafoni o‘tkaziladi. 

Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimi farmoyish qabul qildi. 

Unga ko‘ra, tadbirlar o‘tadigan hududlarda jamoat tartibini saqlash va marafonni namunali tashkil etish maqsadida 5 noyabr kuni  soat 07:00dan shu kuni marafon yakunlangunga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi:

- Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi kesishmasigacha;

- Dahbed ko‘chasidan Zargaron ko‘chasigacha;

- Shohi Zinda ko‘chasi;

- Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi; 

Marafonda bahslar 5 bosqichda, ya’ni 2, 5, 10 kilometr hamda 21 va 42 kilometr masofaga yugurish tartibida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 7-12 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan dastlabki qismi bugun, 4 noyabr kuni Islom Karimov nomi bilan ataluvchi ko‘chada bo‘lib o‘tadi.

 
 
4-Noyabr, 2023-yil 9:00 |