YOSHLARNI RUHAN SOG‘LOM, MA’NAN BARKAMOL QILIB TARBIYALASH MUHIM MASALA
Samarqand shahridagi konsert zalida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Viloyat hokimining ijtimoiy ma’naviy muhit va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish Targ‘ibot rejasiga ko‘ra tashkil etilgan tadbirda viloyat din ishlari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i S.Baymuradov va bir guruh mas'ullar ishtirok etdi.
Yoshlarni ruhan sog‘lom hamda ma’nan barkamol qilib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalardan himoya qilish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida so‘z borgan tadbirga shahardagi barcha mahalla raislari, maktab direktorlari va mahalladagi yoshlar yetakchilar taklif etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun mavzu doirasidagi videorolik namoyish etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.