Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

SAMARQAND SHAHRIDA O‘TKAZILADIGAN XALQ SAYLLARIGA MARHAMAT!

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan xalq sayllariga marhamat!

 

Joriy yilning 19 mart kuni Samarqand shahrida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. 

Asosiy bayram tadbirlari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘i va shu nom bilan ataluvchi ko‘cha hamda “Moʻjiza” amfiteatrida o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, bayram shodiyonalari quyidagi mahallalardan o‘tgan Siyob kanali hududi bo‘yida tashkil etiladi:
 
Gala Osiyo mahallasi ("Rohat" bazmgohi); 

Xo‘ja Doniyor mahallasi; 

Obi Rahmat mahallasi; 

Bog‘imaydon mahallasi;
 
Xumo mahallasi (SAM IT GLOBAL akademiyasi);  

Tadbirlar davomida konsert dasturlari, san’atkorlarning bayram chiqishlari, Navro‘z milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan milliy taomlar, liboslar ko‘rgazmalari hamda sport musobaqalari va turli xil sayllar namoyish etiladi.

Barchani Navro‘z bayrami tantanalariga taklif etamiz!

 
 
17-Mart, 2024-yil 14:53 |