Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

NAVOIY — BUYUK SHOIR, DAVLAT ARBOBI, IQTISODCHI VA MUTAFAKKIR

Navoiy — buyuk shoir, davlat arbobi, iqtisodchi va mutafakkir

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog’i ertalabdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o’qituvchilar, yozuvchi, shoirlar, talabalar va o’quvchilar bilan gavjum bo’ldi.

Bog’ markazida o’rnatilgan Hazrat haykali poyida buyuk mutafakkir tavalludining 583-yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi. 

Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda g’azal va ruboiylaridan namunalar o’qildi. Musiqali drama teatr san’atkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’ydi.

Sanaga bag’ishlangan tadbir viloyat musiqali drama teatrida "Nazm va navo" ma’rifiy tadbiri, kontsert dasturi va mushoira kechasi bilan davom etdi.

 
 
9-Fevral, 2024-yil 11:20 |