KADRLAR BO‘YICHA MAS’ULLAR UCHUN OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI
Kadrlar bo‘yicha mas’ullar uchun ochiq muloqot tashkil etildi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tashabbusi bilan joriy yilning 27 iyul kuni Samarqand shahar hokimligida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘limlari kadrlar xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda 45 dan ziyod Samarqand shahridagi davlat organlari va muassasalarining kadrlarga mas’ul vakillari va xodimlari ishtirok etishdi.