Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

IKKI KO‘CHANING BIR QISMIDA TRANSPORT VOSITALARI VAQTINCHA HARAKATLANMAYDI

Ikki ko‘chaning bir qismida transport vositalari vaqtincha harakatlanmaydi

19 mart kuni Samarqand shahrida Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Shu munosabat bilan tadbir o‘tkaziladigan hududlarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. 

Unga ko‘ra,  19 mart kuni soat 10:00 dan 14:00 ga qadar Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida hamda Firdavsiy ko‘chasining Cho‘lpon ko‘chasi kesishmasidan F.Mahmudov ko‘chasi tutashmasi (Firdavsiy bog‘i hududi) gacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

 
 
19-Mart, 2024-yil 8:00 |