Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

BAYRAMGA TAYYORGARLIK AVJIDA

Bayramga tayyorgarlik avjida

Avval xabar qilganimizdik, ayni paytda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘i va shu nom bilan ataluvchi ko‘cha hamda “Moʻjiza” amfiteatrida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. 

Aytish o‘rinliki, Shu bilan birga, bayram shodiyonalari quyidagi mahallalardan o‘tgan Siyob kanali hududi bo‘yida tashkil etiladi:

Gala Osiyo mahallasi ("Rohat" bazmgohi); 

Xo‘ja Doniyor mahallasi; 

Obi Rahmat mahallasi; 

Bog‘imaydon mahallasi;

Xumo mahallasi (SAM IT GLOBAL akademiyasi);

Bayramda konsert dasturlari, san’atkorlarning bayram chiqishlari, Navro‘z milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan milliy taomlar, liboslar ko‘rgazmalari hamda sport musobaqalari va turli xil sayllar namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz sayllar ertaga,  19 mart kuni bo‘lib o‘tadi. 

Barchani bayram tantanalariga taklif etamiz!

 
 
18-Mart, 2024-yil 12:12 |