Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

AMIR TEMUR KO‘CHASINING BIR QISMIDA VAQTINCHA ELEKTR ENERGIYASIDA UZILISH BO‘LADI

Amir Temur ko‘chasining bir qismida vaqtincha elektr energiyasida uzilish bo‘ladi

Ayni kunlarda Samarqand shahridagi Amir Temur ko‘chasida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 15-iyun kuni mazkur qurilish ishlari davomida “Markaziy” podstansiyasidan chiquvchi 145-fider xavfsizlik yuzasidan o‘chiriladi va Kamoliddin Behzod, Said, Mir Said Baraka mahallasi, (Samarqand siti) Amir Temur ko‘chasida va shu tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida soat 18:00 ga qadar elektr ta’minotida uzilish bo‘ladi.

 
 
15-Iyun, 2023-yil 9:59 |