Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ushbu shior ostida yurtimiz bo‘ylab 13-14-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan Samarqand shahri bo‘ylab boshlangan keng ko‘lamli hashar ishlari avvalida quron tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun duolar bo‘ldi. Hashar jarayonida mahallalar, ko‘p qavatli uylar hamda xonadonlar atrofi tartibga keltirilib, ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, daraxtlarga ishlov berilib, turli hududlarda yangi daraxt ko‘chatlari ekilyapti.

Shu o‘rinda barcha hamshaharlarimizni umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga, yurtimiz obodligi va mahallalarimiz ko‘rki yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qolamiz.

 
 
13-Mart, 2026-yil 2:16 |