YOSHLAR YETAKCHILARI UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

Yoshlar markazida agentlik tuman va shahar bo’lim boshliqlari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-sentabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Unda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlarning kasbiy qiziqishlarini erta aniqlash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish hamda yoshlarga oid ma’lumotlarni yagona elektron bazaga kiritish masalalari muhokama qilindi.
Yoshlar yetakchilariga farmonning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, amaliy tavsiya va ko‘nikmalar berildi. O’quv-seminar hududlar bo’ylab davom etmoqda va farmon ijrosi bo’yicha to’liq yo’nalish berilyapti.
Yangiliklar
13-Sentabr, 2025-yil
12-Sentabr, 2025-yil
12-Sentabr, 2025-yil
12-Sentabr, 2025-yil
12-Sentabr, 2025-yil