"YOSH MUSAVVIR" TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI G'OLIBLARI ANIQLANDI

Yosh avlodni rassomlik san’ati haqidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan keng tanishtirish orqali ularning qalbi va ongida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish hamda mahallalardagi yosh ijodkorlarning izlanishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishi maqsadida "Yosh musavvir" tanlovining tuman, shahar bosqichlari o'tkazib kelinmoqda.
Samarqand shahar bosqichi ham yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Unga ko‘ra 12-17 yosh toifasida:
1-o‘rin Nosirova Marjonabegim (Tadbirkorlar MFY)
2-o‘rin Abloyorov Shoxrux (Mir Said Baraka MFY)
3-o‘rin Kaxorova Mehriniso (Yuqori Xo‘ja Soat MFY)
18-30 yosh toifasida esa:
1-o‘rin Xusenova Fotima (Loxutiy MFY)
2-o‘rin Mamirova Charos (Oqsaroy MFY)
3-o‘rin Sayfullayeva Bonu (Hamid Olimjon MFY) larga nasib etdi.
1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.