Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

YO‘L INFRATUZILMASIDA O‘ZGARISHLAR BO‘LADI

YO‘L INFRATUZILMASIDA O‘ZGARISHLAR BO‘LADI

SHAHAR YO‘L INFRATUZILMASIDA KATTA O‘ZGARISH BO‘LADI

 

Takliflar orasida yangi yo‘l o‘tkazgich, aqlli svetofor hamda xalqaro yo‘lni shahardan uzoqroqqa ko‘chirilishi kabi qator yangilarlar bor.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahar markaziy ko‘chalari jadalligi sutkasiga 14 ming transport vositasi harakatlanishiga moslashtirilgan. Bugungi kunda bu ko‘rsatkich 55 ming tani tashkil qilmoqda.

Ya’ni shahar ko‘chalarida belgilanganidan qariyb to‘rt baravar ko‘p transport vositalari harakatlanmoqda. Oqibatda 20 dan ortiq chorrahada tirbandlik kuzatilayapti. Bu esa tabiiyki, harakat ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Shu sabab Samarqand shahri ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha o‘nga yaqin yo‘nalishda takliflar ishlab chiqilgan.

Ko‘chalar bir tomonlama bo‘ladi

Ishlab chiqilgan takliflar biri jamoat transporti tizmini samaradorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu taklifga ko‘ra, shaharga kirish joylarida 3 ta avtostansiya tashkil qilinadi. Bundan tashqari, 191 ta oraliq bekatlar qurish, 123 ta mavjud bekatlarda maydoncha (karman) tashkil qilish kerak. Ushbu yo‘nalishdagi takliflardan yana biri 100 ta elektrobus xarid qilishdir.

Abduraxmon Jomiy, Mahmud Qoshg‘ariy va Orzu Mahmudov ko‘chalarida sinov tariqasida bir tomonlama harakatni tashkil qilish ham ko‘zda tutilmoqda.

Jamoat transporti jozibadorligini oshirish maqsadida Rudakiy, Beruniy, Abduraxmon Jomiy, Mahmud Qoshg‘ariy va Orzu Mahmudov ko‘chalarida avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘tkazgichlar ko‘payadi

Tirbandliklarning oldini olish borasida yer osti va yer usti infratuzilmani yo‘lga qo‘yish ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada 4 ta yo‘l o‘tkazgich va 16 ta piyodalar yo‘l osti piyodalar o‘tish joyi qurish taklif qilinyapti.

Yo‘l o‘tkazgichlardan biri Spitamen shoh – Mirzo Ulug‘bek – Beruniy ko‘chalari chorrahasida, ikkinchisi, Dahbed va Rudakiy ko‘chalari chorrahasida, uchinchisi esa Ibn Sino va Dahbed ko‘chalari chorrahasida quriladi.

Tranzit transportlar kiritilmaydi

Takliflar orasida avtoturargoh va yo‘l usti parkovkalarni tashkil etish barobarida shahar aylanma yo‘llarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda 17 kilometr yo‘lni kengaytirish, 5,5 kilometr yangi yo‘l qurish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha bu orqali, katta o‘zbek trakti Samarqand shahridan birmuncha uzoqlashadi. Pirovardida tranzit transportlar keltirayotgan yuklama yo‘qolib, mahalliy harakat ishtirokchilariga yengillik yaratiladi.

Shuningdek, shahar chetidagi yo‘llarda uchta yo‘l o‘tkazgich va 8 ta yer osti piyodalar o‘tish joyi qurish, 2 ta yer osti qayrilib olish joylarini tashkil qilish taklifi berilgan. Bu ham yo‘llarda harakat jadalligini oshirishga xizmat qilishi bildirilmoqda.

Svetoforlar aqlli bo‘ladi

Svetoforlar boshqaruv yagona tizimini joriy etish ham ko‘zda tutilyapti. Bunda 180 aqlli svetoforlar tashkil etiladi, 67 ta svetoforlarni yagona boshqaruv tizimiga o‘tkazilib, 9 ta markaziy ko‘chalarda yashil yo‘laklar tashkil etiladi.

To‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini aniqlovchi 60 ta, maktablar oldidagi piyodalar o‘tish joylariga 55 ta foto va video qayd etish moslamasi o‘rnatiladi.

Albatta, bu yakuniy to‘xtam emas. Yaxshi yangiliklar hali oldinda.

 

 
 
18-Sentabr, 2025-yil 12:27 |