Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

YIL YAKUNI, KELGUSI REJALAR NAVBATDAGI SESSIYA MUHOKAMASIDA

Yil yakuni, kelgusi rejalar navbatdagi sessiya muhokamasida

Yil yakuni, kelgusi rejalar navbatdagi sessiya muhokamasida

Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani shahar kengashi deputati B. Rahmonov olib bordi.

Sessiyada deputatlar e’tibori Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shahar jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va tumanlararo ma’muriy sudlari, shahar adliya bo‘limi, shahar prokurori, shahar soliq inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi, shahar tibbiyot birlashmasi, Bolalar masalasi bo‘yicha shahar komissiyasining 2022-yildagi faoliyat sarhisobiga qaratildi. Taqdim etilgan hisobotlar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya davomida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 2023-yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Ish rejasi, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi doimiy komissiyalarining 2023-yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Ish rejalari hamda deputatlarning odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-martdagi PQ-159-sonli qarorning 7-ilovasi, 12.1 bandining 2022-yilda Samarqand shahridagi ijrosi, shahar sektor rahbarlarining shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2023-yil I choragi uchun ishlab chiqilgin “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi qoldiq mablag‘laridan foydalanish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish,  hududlarda aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish masalalari ham sessiya ishida muhokama qilindi.

Deputatlar sessiya davomida shaharda 2023-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar dasturini hamda shahar hokimining 2022-yil 14-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarorini ko‘rib chiqishdi. Bu borada qilingan ishlar muhokama etildi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 
 
27-Yanvar, 2023-yil 8:57 |