“YANGI O‘ZBEKISTON” BOG‘IDA BAYRAM SHUKUHI
Avval xabar qilganimizdik ayni paytda Samarqand shahrining Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ertaga, 18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik olib borilmoqda.
Sana munosabati bilan ertaga soat 18:00 da bog‘da bayram tantanasining musiqali qismi boshlanadi.
Unda poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar - Lola Ahmedova, Shohruhxon, Sevinch Ismoilova, Otabek Mutalxo‘jayev, Hamdam Sobirov, Shirin hamda VIA Marakanda va mahalliy xushovoz xonandalar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga kayfiyat ulashadi.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday konsert dasturlari ertaga soat 14:00 da “Mo‘jiza” amfiteatri va soat 16:00 da “Nurafshon” madaniyat saroyida ham bo‘lib o‘tadi.
Tadbir yakunida mushakbozlik tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari, barchanigizni bayramga taklif qilamiz.