XOTIN-QIZLARGA TAVSIYANOMA BERISH TARTIBI TUSHUNTIRILDI
Samarqand shahridagi 9-umumtaьlim maktabida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING "MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA KAMIDA BESH YIL MEHNAT STAJIGA EGA BO‘LGAN XOTIN-QIZLARNI DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBINI TASDIQLASH TO‘GʻRISIDA"gi 322-sonli hamda "OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QO‘SHIMCHA DAVLAT GRANTI ASOSIDAGI QABUL KO‘RSATKICHLARI DOIRASIDA EHTIYOJMAND OILALARDAGI XOTIN-QIZLARGA TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN TAVSIYANOMA BERISH VA ULARNI O‘QISHGA QABUL QILISHNI TASHKIL ETISH TARTIBI TO‘GʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA" gi 402-sonli qarorlarining targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirida bitiruvchi sinflarning o‘quvchi-qizlari, 1-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiladigan fuqarolar ishtirok etishdi. Yig‘ilganlarga o‘qish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalarning xotin-qizlariga hamda besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish tartibi tushuntirildi.
Tabdirda Samarqand shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zebo Saidova va hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.