Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

XARIDORLARGA QR-KODLI CHEK BERILISHI SHART

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


 
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi. 
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil 
 
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va(yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys)orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi. 
👉 VMQ-943 23.11.2019 

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. 
👉Soliq kodeksi 221-modda 
 
Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi

 
 
22-Oktabr, 2025-yil 10:57 |