Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING 19 SESSIYASI 23-SENTABR KUNI O‘TKAZILADI

XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHINING 19 SESSIYASI 23-SENTABR KUNI O‘TKAZILADI

 

Bu haqda Kengash raisi F.Umarovning 16-sentabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi farmoyishida ma’lum qilindi.

 

Unga ko‘ra, shahar Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi 2025-yil 23-sentabr kuni 10-00 ga chaqiriladi.

 Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

Samarqand shahrida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil 2-mavsum yakuni bilan shakllangan tadbirlarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish to’g‘risida;

Samarqand shahridagi shirkatlar o‘rnida yangi tashkil etilgan professional boshqaruv tashkilotlar nomiga qayta rasmiylashtirayotgan kreditlar bo‘yicha shahar hokimligi tomonidan kafillik berish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi haqida shahar ichki ishlar organlari

faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Yakubovning shaharda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i B.Mingboyevning “2025-yil 1-yarim yillik yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i R.Islomovning “2025-yil 1-yarim yillik yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;

Samarqand shahar 8-son oilaviy poliklinika bosh vrachi D.Normuradovaning “2025-yil 1-yarim yillik yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari hamda yil yakuniga qadar mo‘ljallangan ustuvor rejalari to‘g‘risidagi”gi hisoboti;

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatining deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida;

boshqa masalalar.

 
 
17-Sentabr, 2025-yil 9:28 |