XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHI RAISINING FARMOYISHI XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI CHAQIRIQ, YIGIRMANCHI SESSIYASINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan;
I. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, yigirmanchi sessiyasini 2025-yil 28-oktabr kuni soat 16:00 da shahar hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin.
II. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
1. Shahar prokurori B.Normatovning shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025-yilning 3-chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;
2. Shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Sulaymonovning “2025-yilning 3-chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;
3. Shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i B.Mingboyevning “2025-yil 1-yarim yillik yakuni bilan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;
4. Shaharda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida;
5. Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida; Samarqand shahrida “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida;
6. Boshqa masalalar.
III. Mazkur farmoyish ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi F. UMAROV
Samarqand shahri,
2025-yil 20-oktabr
Yangiliklar
22-Oktabr, 2025-yil
21-Oktabr, 2025-yil