Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

VILOYATIMIZ DELEGATSIYASI INDONEZIYAGA AMALIY TASHRIFINI AMALGA OSHIRMOQDA

Viloyatimiz delegatsiyasi Indoneziyaga amaliy tashrifini amalga oshirmoqda

 

Tashrif doirasida, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari SH.Sabirov, shahar hokimining o‘rinbosari E.Rajabov Jakarta shahrida qurilish,qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish,elektrotextika, to’qimachilik kabi muhim sohalardagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari bilan hamkorlik va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan,“Texcoms Worldwide” asoschisi va direktori Bambang Harijanto bilan uchrashuv o‘tkazildi. Korxona to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib,muzokaralarda bu faoliyatni Samarqandda yo‘lga qo‘yish bo’yicha so‘z bordi.

Shuningdek, “Sunra” elektroskuter ishlab chiqaruvchi korxonasi rahbari Ismeth Wibowo bilan hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishilib, kelgusida “Sunra” mahsulotlari Samarqandda ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
 

 
 
16-Aprel, 2025-yil 12:45 |