VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRIDA “SAMARQAND–2024 MDHNING MADANIY POYTAXTI” LOYIHASINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.
Tadbirning ochilishida so‘z olgan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy masalalar bo‘yicha maxsus vakili M.Shvidkoy, MDH Ijro qo‘mitasi gumanitar va ijtimoiy yo‘nalishlar departamenti direktori o‘rinbosari Xojizoda Manuchexr Ahmad, Madaniyat vaziri O.Nazarbekov va viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov mazkur loyihaning ahamiyati haqida gapirdi.
Samarqand shahar hokimligiga Hamdo‘stlik madaniyati poytaxti faxriy unvonini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi. Uni shahar hokimi Fazliddin Umarov qabul qildi.
Tadbir doirasida MDH davlatlari san’atkorlarining konserti bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va viloyatimiz san’atkorlarining chiqishlari namoyish etildi.
4-Aprel, 2024-yil 21:07 |