UNIVERSITET XIYOBONINING PIYODALAR HARAKATLANADIGAN BIR QISMIDA VAQTINCHA O‘ZGARISH BO‘LADI
Samarqand shahridagi Shohrux Mirzo ko‘chasining Universitet xiyoboni bilan kesishgan qismidan Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi ko‘chasigacha joylashgan Samarqand davlat universiteti binosining bir qismida buzilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ish jarayonlari olib boriladigan hududda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘li vaqtincha yopilishini ma’lum qilamiz. Ishlar yakunlangunga qadar fuqarolarning xavfsiz harakati uchun obodonlashtirish ishlari olib boriladigan hududda piyodalar harakati uchun alohida yo‘l tashkil qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ishlar mazkur bino ma’nan eskirgani va hududni tevarak-atrofga hamohang holatga keltirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
3-Dekabr, 2024-yil
2-Dekabr, 2024-yil