Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

“TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING SAMARQAND SHAHAR BOSQICHI G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR.

“Turon” maktab teatri tanlovining Samarqand shahar bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandilar.

Avval xabar berganimizdek, tanlovning hududiy bosqichlarida yuqori darajalarni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoalar o‘rtasida “Nurafshon” madaniyat saroyida tanlovning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlov natijalarga ko‘ra, shahar bosqichida faxrli 1-o‘rinni 80-maktabning “Turon” jamoasi,
2-o‘rinni 82-maktab “Turon yulduzlari” jamoasi, 3-o‘rinni 32-maktabning “Mannon Uyg‘ur” jamoasi va 1-maktabning “Behbudiy izdoshlari” jamoalari qo‘lga kiritishdi.

Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoa a’zolari esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

 
 
7-Mart, 2026-yil 22:28 |