TURKIYA VA SAMARQAND HAMKORLIGI RIVOJLANMOQDA

Turk dunyosi munisipaliteti ittifoqi prezidenti Altay Ug‘ur Ibraxim boshchiligidagi delegasiya a’zolari Samarqandda bo‘ldi.
O‘zaro aloqalarni mustahkamlash, hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish maqsadiga qaratilgan tashrif Samarqand shahar hokimligidagi uchrashuvdan boshlandi. Shahar hokimi F. Umarov bilan muloqotda bo‘lgan turkiyalik mehmonlar o‘zaro do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish taklifini ilgari surishdi. O‘z navbatida shahar hokimi F. Umarov ham mehmonlarni tashrif bilan qutlab, o‘tmishi bir bo‘lgan xalqlarimizning kelajagi ham o‘zaro uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidladi. O‘zaro hamkorlik aloqalarini mustamhkamlanishi ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishi qayd etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlik yo‘nalishlari, ularning istiqbolliligi borasida atroflicha fikr almashildi.
Mehmonlar Samarqandning diqqatga sazovor joylari, aziz qadamjolarini ziyorat qilib, boy tariximiz, madaniyatimiz bilan yaqindan tanishishdi.
Yangiliklar
29-May, 2025-yil
28-May, 2025-yil