Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TUMANLARDA O‘TKAZILGAN O‘RGANISHLAR INFRATUZILMA, TURMUSH DARAJASI, BIZNES FAOLLIK, MOLIYAVIY IMKONIYATLAR KABI 20 TA MEZON ASOSIDA 37 TA “OG‘IR” TUMANNI ANIQLADI. BUNDAN TASHQARI, HAR BIR TUMAN TAHLIL QILINIB, KAMBAG‘ALLIK DARAJASI YUQORI BO‘LGAN 903 TA “OG‘IR” MAHALLA TANLAB OLINDI.

Tumanlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar infratuzilma, turmush darajasi, biznes faollik, moliyaviy imkoniyatlar kabi 20 ta mezon asosida 37 ta “og‘ir” tumanni aniqladi. Bundan tashqari, har bir tuman tahlil qilinib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 903 ta “og‘ir” mahalla tanlab olindi.

 

Kambag‘al oilalarning uchdan bir qismi, ishsizlarning 21 foizi ham tanlab olingan 37 ta tuman va 903 ta mahallaga to‘g‘ri kelishi aniqlandi.
 
Yana 33 ta tuman va 330 ta “og‘ir” mahallaga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish ishlari boshlandi. 
 
“Asosiy kuchni ushbu 70 ta tuman va 1 mingta “og‘ir” mahallaga yo‘naltirsak, respublikada kambag‘allik darajasini 3 foizdan pasaytirishga erishamiz”,
 – dedi davlatimiz rahbari. 
 
“Og‘ir” tuman va mahallalardagi aholi va tadbirkorlar soliq imtiyozidan ko‘ra, ko‘proq yo‘l, suv, elektr ta’minotini yaxshilab berishni so‘rayapti. Shu munosabat bilan joriy yilda infratuzilmani yaxshilash uchun viloyatlarga 20 trillion so‘m ajratilishi, shundan 12 trillion so‘m “og‘ir” tuman va mahallalarga yo‘naltirilishi belgilandi. 
 
Respublikadan mahalliy budjetga qaytadigan mablag‘ 2 karra ko‘paytirilib, hokimlarga 4 trillion 200 milliard so‘m beriladi. Endilikda viloyat hokimlari “og‘ir” tumanga 10 milliard so‘mdan, 903 ta mahallaning har biriga 1 milliard so‘mdan ajratadi. 
 
Bunga qo‘shimcha har bir “og‘ir” tumanga 50 milliard so‘m, “og‘ir” mahallaga 2 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltiradi. Bu tuman hokimlari va mahalliy kengashlar “og‘ir” tuman va mahallalar uchun qo‘shimcha yana 4 trillion so‘m oladi degani.

 
 
23-Yanvar, 2026-yil 16:34 |