TRANSPORT XIZMATI, CHIQINDI MUAMMOSI, KOMMUNAL SOHA VA MAKTAB OSHXONALARI XALQ DEPUTATLARI SHAHAR KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
Bugungi kunda shahar hayotida jamoat transporti, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammolar, kommunal sohadagi kamchiliklar, ta’lim muassasalariga oid masalalar alohida o‘rin tutadi. Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati tomonidan Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jalik masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy-madaniy, yoshlar siyosati va gender tengligi bo‘yicha doimiy komissiyasi raislari, a’zolari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yuqorida ta’kidlangan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kuz-qish mavsumi oldidan kommunal sohaga alohida e’tibor qaratishimiz tabiiy holat. Yig‘ilishda dastlab tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullar joriy mavsumga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha batafsil axborot berdi. Jumladan, mavsumga hozirlik bo‘yicha 2023-yilning 1-avgust holatiga “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 1178 ta gaz taqsimlash qutilari (GTK) texnik taftishdan o‘tkazilib, 1065 km gaz quvurlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bugungi kunda ham gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda mahallalarda aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maktablarning kuz-qish mavsumiga shayligi va oshxonalarining holati, maishiy chiqindilarni olib chiqish va debitor qarzdorlik masalasi hamda mahallalar kesimida jamoat transportini o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash va yo‘llarni qurish, ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida mas’ullarning hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, mahallalar kesimida jamoat transportini o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash va yo‘llarni qurish, ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yig‘ilishda batafsi muhokama qilindi. Bu borada mahallalar kesimida jamoat transportini o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash va yo‘llarni qurish, ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi Samarqand shahar hokimligi huzuridagi “Loyiha ofisi”ning rahbari O. Rahimov axborot berdi.
Axborotda ta’qidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 30-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 96-sonli bayonini 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahri transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha transport vazirligi va viloyat hokimligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining "A+S Transproyekt" injenering kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand shahri transport infratuzilmasini 2030-yilgacha rivojlantirish master-rejasi ishlab chiqildi. Master-reja asosida Samarqand shahrida zamonaviy transport infratuzilmasi yaratiladi. Bunda Samarqand shahri aholisi, tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulay va xavfsiz harakatlanishlari uchun yangi piyodalar va velosiped yo‘laklari, oraliq avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, bekatlarni tashkil etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, transport tarmog‘ining muammoli nuqtalaridagi masalalarning samarali yechimini topish, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari bo‘lgan hududlardagi muammolarni hal etish, tirbandliklarni bartaraf etish, sifatli va qulay jamoat transporti tizimi joriy etilishi bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilindi. Ayni paytgacha ushbu loyiha asosida olib borilgan ishlar va kelgusiga belgilangan vazifalar yig‘ilishda batafsil muhokama qilindi.
Yig‘ilish so‘nggida mas’ullarning axborotlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlardagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilgan holda belgilangan muddatlarda ularning ijrosini ta’minlash topshirildi.
Yangiliklar
25-Dekabr, 2024-yil
25-Dekabr, 2024-yil
25-Dekabr, 2024-yil