Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTI-VAQTI BILAN CHEKLANADI

Transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi

 

Samarqand shahrida joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari triatlon bo‘yicha "CHallenge Samarkand-2024" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Shu munosabat bilan musobaqalarni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish va tadbirlar bo‘lib o‘tadigan kunlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida shaharning quyidagi ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi: 

Usto  Umar  Jo‘raqulov; 

Universitet xiyoboni;

Sadriddin Ayniy; 

Islom Karimov; 

"Toshkentrakt";

Shohi  Zinda;

"O‘zbektrakt";

M-37  yo‘li;

Ibn  Sino;

Zargaron;

Registon;

Motrid;

Dahbed;

Shabod;

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
4-Sentabr, 2024-yil 18:03 |