Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

TRANSPORT VOSITALARIDA JOYLASHTIRILGAN REKLAMA VOSITALARINING QONUNIYLIGI O‘RGANILDI

Transport vositalarida joylashtirilgan reklama vositalarining qonuniyligi o‘rganildi

Samarqand shahar hokimligining ishchi guruhi tomonidan yo‘nalishli transport vositalarida joylashtirilgan reklama vositalari va yo‘nalish manzillari nomi yozilgan peshlavhalari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiqligi o‘rganildi.

O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan, qonun talablariga mos kelmagan 20 ga yaqin yo‘nalishli transport vositalari ishchi guruhi tomonidan aniqlanib, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan MChJ rahbarlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.

SHu o‘rinda, tadbirkorlardan qonun talablariga rioya etgan holda faoliyat olib borishlarini so‘raymiz.

 
 
6-Fevral, 2023-yil 20:55 |