TOJIKISTON RESPUBLIKASIDA O‘TKAZILAYOTGAN "SO‘G‘D-2022" VIII XALQARO SAVDO YARMARKASIDA SAMARQAND VILOYAT DELEGATSIYASI HAM FAOL ISHTIROK ETMOQDA
Joriy yil 17-18 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatida “So‘g‘d-2022” VIII-Xalqaro savdo yarmarkasiga Samarqand viloyati delegatsiyasi taklif etilgan edi.
Ushbu delegatsiya tarkibida Samarqand shahar hokimining Investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Radjabov Erkinjon Fazilovich ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida viloyat delegatsiyasi Tojikistonning “Tojikiston-O‘zbekiston” savdo palatasi va ishlab chiqaruvchilar assosiatsiyasi hamkorligida 17-18 iyun kunlari So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “VIII-Xalqaro savdo yarmarkasi” “So‘g‘d-2022” biznes forumida faol ishtirok etib, unda Samarqand viloyati hamda Samarqand shahrining investision va eksport salohiyati taqdimoti, B2B, G2B formatlarda uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari investisiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida viloyat tadbirkorlari tomonidan tekstil, oziq-ovqat, kimyo, farmasevtika, elektrotexnika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan Tojikiston davlati yirik kompaniyalarining zamonaviy yutuqlari bilan tanishdilar.
Forum doirasida, Samarqand shahar tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Tojikistonga eksport qilish maqsadida ikki tomonlama kelishuvlarni imzolanishiga erishildi.
Shuningdek, So‘g‘d viloyatining “Hunarmandlar uyushma”si bilan Registon ansamblida Tojikiston milliy hunarmandchilik maxsulotlar ko‘rgazmasi va doimiy savdo rastasi tashkil etish buyicha ham kelishib olindi.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil