Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TOZALIK – MADANIYATIMIZNING YUZI!

Tozalik – madaniyatimizning yuzi!

 

15 oktyabrdan mamlakatimiz bo‘ylab “Tozalik va ozodalik oyligi” boshlanadi!

Bu–oddiy aksiya emas, balki har birimiz uchun yurtimizni yanada go‘zal, sof va obod qilish imkoniyati. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, endilikda mahallalar, maktablar, ko‘chalar va aholi yashash hududlari tozalik tadbirlariga jalb etiladi.

Tozalik – hammaga tegishli ish!
Shu bois, barchamizni–yoshlar, volontyorlar, faol fuqarolarni ushbu xayrli sa’y-harakatda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Biz ham ishtirok etaman, sizchi?
Samarqand shahrini yanada go‘zal va ozoda shaharga aylantiraylik!
Oilaviy ishtirok etish, bolalarga tozalik va mehnat qadrini ko‘rsatish eng yaxshi tarbiyadir.

Eslatib o‘tamiz, chiqindini belgilanmagan joyga tashlash nafaqat madaniyatsizlik, balki ma’muriy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi.

Agar shunday holatlarga guvoh bo‘lsangiz–📩 @ecogovuz_bot yoki ☎️ 1157 raqami orqali xabar bering.

Birgalikda toza muhit, sog‘lom hayot va farovon shahar uchun harakat qilaylik!

 
 
15-Oktabr, 2025-yil 10:55 |