TO‘Y VA MAROSIMLARNI IXCHAMLASHTIRISH ASOSIY VAZIFALARDAN
Samarqand shahrida to‘y marosimlarini o‘tkazishda ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, milliy qadriyatlarimizga mos, kamtarona to‘ylarni tashkil etish madaniyatini targ‘ib etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimligi, mahalla faollari, imom-xatiblar, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Unda to‘y va marosimlarda isrofgarchilikning salbiy oqibatlari, jamiyat hayotiga ta’siri, shuningdek, bu borada aholining mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi hamda mahallalarda chuqur targ‘ibot ishlari olib borish haqida kelishib oldilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar har bir oila o‘z sharoitidan kelib chiqib, ortiqcha xarajatlarsiz, samimiy muhitda to‘y o‘tkazish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.
Yangiliklar
6-Noyabr, 2025-yil
4-Noyabr, 2025-yil