TASHQI REKLAMA VA AXBOROTNI JOYLASHTIRISH TARTIBINI BUZISH JARIMAGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Ishchi guruhning navbatdagi o‘rganish ishlari Samarqand shahrining Gulobod ko‘chasida olib borildi.
O‘rganish natijasida o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan, “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelmagan 70 dan ortiq targ‘ibot vositalari Ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogohlantirishlar berildi.
Hurmatli tadbirkorlar, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi 4-bandiga asosan tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik uchqun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravar miqdorda jarimaga tortilishingiz haqida ogohlantiradi. Targ‘ibot vositalari va reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil