Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

“TASHABBUSLI BUDJET”DAGI YANGILIKLAR MUHOKAMA QILINDI

“Tashabbusli budjet”dagi yangiliklar muhokama qilindi

 

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida “Tashabbusli budjet” jarayonlarini tashkil etish va moliyalashtirish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Tashabbusli budjet”ning yangilangan qoidalari, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari, shuningdek, jarayonlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan muhim jihatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 2026-yildan boshlab ovoz berish natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘lmagan loyihalarni xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mahallalardagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni aholi va davlat sherikligi asosida birgalikda moliyalashtirish tizimi joriy etilishi, bu esa hududlarda infratuzilmani yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur yangiliklar yuzasidan Samarqand shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi B.Abjalov tomonidan mahalla yettiligi a’zolari, fuqarolar hamda jamoatchilik faollariga batafsil tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.

Tadbir yakunida “Tashabbusli budjet” doirasida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash, loyihalarni shakllantirish va ularni moliyalashtirish bo‘yicha yangilangan tartiblarni hududlarda samarali qo‘llash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 
 
27-Yanvar, 2026-yil 17:47 |