TAROVEH NAMOZLARI VAQTIDA IBODATLAR XOTIRJAM ADO ETILISHI UCHUN ZARUR CHORALAR KO‘RILMOQDA
Ramazon oyi davomida shahardagi barcha masjidlarda taroveh namozlari tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlash maqsadida jamoat xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun maxsus xizmat oldi yo‘riqnomalari o‘tkazilib, masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda har qanday noxush holatlarning oldini olish vazifalari belgilab berildi.
Ta’kidlanganidek, muqaddas oy davomida aholining ibodatlarini xotirjam ado etishi uchun barcha zarur choralar ko‘riladi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etdi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
18-Fevral, 2026-yil 17:53 |
Yangiliklar
“Samarqandshahargaz” Gaz Ta’Minoti Bo‘Limiga Yangi Rahbar Tayinlandii
18-Fevral, 2026-yil
Shahar Hokimi Yoshlarning Muammo Va Takliflarini Tinglamoqdai
13-Fevral, 2026-yil