Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI.

Tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublikamiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" g’oyasi ostida milliy va vatanparvarlik qadriyatlarini asrab-avaylash, targ‘ib qilishga qaratilgan “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!” nomli eng yaxshi milliy kontent va ijtimoiy videoroliklar 
tanlovini eʼlon qilgan edi.

Bugun Samarqand shahar hokimligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

☀️TANLOV G‘OLIBLARI: 

☀️1-O‘RIN:  
Dilrabo Baxtiyorova , 
Samarqand davlat  Pedagogika instituti, Pedagogika  fakulteti, "Boshlang‘ich taʼlim"  yo‘nalishi talabasi; 

☀️2-O‘RIN (2ta): 
⚡️1.Dilafro‘z Aralova, 
Samarqand  shahridagi 80- maktab o‘qituvchisi o‘quvchilari bilan ; 
⚡️2. Salohiddin Umarov, Fayoza Narzullayeva, Samarqand tumani  Yangijoy mahallasi
fuqarolari. 

☀️3-O‘RIN  (2ta): 
⚡️ 1.Baxtiyor Mustanov, Samarqand shahri,  Shukrona mahallasi  fuqarosi; 
⚡️ 2. Erkin Pardayev , Nurobod tumani Navro‘z mahallasi fuqarosi; 


☀️ Shuningdek, rag‘batlantiruvchi mukofotga quyidagilar loyiq deb topildi: 
⚡️ 1.Naima Ochilova, Qo‘shrabot tumanidagi 48-maktab o‘qituvchisi, 2 "B" sinf o‘quvchilari bilan birga. 
⚡️ 2. Mansur Hasanov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari. 
⚡️ 3.Charos Abdullayeva, Samarqand shahridagi 20-maktab direktori o‘rinbosari
⚡️4.Azizova Farangiz, 
Samarqand shahridagi  Prezident maktabi 8 -sinf o‘quvchisi. 

☀️ Tanlov g‘oliblari: 
1-o’rin I darajali diplom, 12 million so‘mlik VAUChER;

2-o’rin (2ta), II darajali diplom, 8 million so‘mlik VAUChER;
(2ta 4 mln.so‘mlik) 

3-o’rin (2ta), III darajali diplom, 6 million so‘mlik VAUChERlar bilan ; 
(2ta 3 mln.so‘mlik) 

Hamda,  rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari DIPLOM va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

☀️G‘oliblarga diplom hamda vaucherlarni  Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari, shahar hokimi o‘rinbosari Farhod Nishanov topshirdi.

 
 
17-Sentabr, 2025-yil 14:00 |