TALABA-YOSHLAR ISHTIROKIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV BO‘LDI

Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i I.Ibragimov va shahar hokimining o‘rinbosari F.Nishonov Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Tadbir Ichki ishlar vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 8-martdagi "Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalar huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, yoshlarga huquqiy madaniyatni oshirish,qonunlarni bilish va fuqarolik javobgarligini his qilishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Yangiliklar
27-Mart, 2025-yil
26-Mart, 2025-yil